• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hafta ijtimoiy muammolari: Men dardimni kimga aytaman…

    “Daryo” kolumnisti an’anaviy ruknda o‘tgan haftada muhokama qilingan asosiy ijtimoiy masalalarga to‘xtalib o‘tadi.

    Men dardimni kimga aytaman?

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shu kunlarda o‘znetni Farg‘onadan bir xabar titratdi. O‘zbekiston tumanida 9-sinf o‘quvchisi karbid suvi ich(kizil)gani sababli dunyodan o‘tibdi. Dastavval, yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon Facebook-sahifasida “sinfdoshlari karbid suvini majburan ichkizib”, fojiali o‘lgan o‘quvchi haqida vujudingizni zirillatadigan post qoldirdi. Ammo voqea tafsiloti yuzasidan tortishuv boshlandimi, post yo‘qolib qoldi. Karbid suvini ichish... Tasavvur qilyapsizmi? Tirik odamning ichki a’zolari kuyib ketadi.

    Ammo voqeaning aniq tafsiloti haligacha ma’lum emas. “Qora niyatli tinchligimizni ko‘rolmaydigan” chetdagi saytlarning yozishicha, yuvosh bolaga zo‘ravon boyvachcha sinfdoshlari karbidni majburlab ichkizgan. Ko‘z oldingizga “dedovshina” keldimi? O‘zimizning mo‘min-qobil saytlarimiz yozishicha, bola “bilmasdan, ehtiyotsizlik oqibatida” turgan-bitgani zaharli moddani ichib qo‘ygan. Bola-da endi.

    Axborot olamimizda qiziq urf bor. Bir joyda ko‘ngilsiz hodisa bo‘lsa, “paslushniy” nashrlarimiz “ehtiyotsizlik oqibatida”, “bilmasdan”, “aslida bunday bo‘lishi kerak emasdi” degan mavhum jumlalar asosida gap tuzib xabar berishadi. Hozir aniq axborot qimmat turadi. Shunchalik qimmatki, uni kerakli odamdan sug‘urib olish imkonsiz. Uning sinfdoshlari va ota-onasining og‘ziga mikrofon tutib videotasvirini internetga joylash barcha savollarga aniqlik kiritgan bo‘lardi. Ammo ular gapirarmikan? Oddiy oila bo‘lsa... Ularni nechta korchalon cho‘chitib qo‘ydi ekan? “Qo‘ying, taqdir ekan, qolganlarni salomat qilsin”, deb, qo‘l sinig‘ini yeng ichida, bosh yorig‘ini do‘ppi tagida tokay saqlaymiz?

    Robindranat Thokurning maktab darsligiga kiritilgan “Nur va soyalar” hikoyasini eslaysan kishi. Sen jabr chekkanni himoyalashga urinsang, u esa “yo‘q bunday bo‘lmadi”, deya ishonchingni so‘ndirsa-chi? Dardini aytay desa, tili yo‘q bechorani. Bizdan Shoshibushonlar chiqarmikan?

    Yonib ketgan umidlar

    Foto: Repost

    Foto: Repost

    Kuyish azobini bilish uchun gugurt cho‘pini yoqib barmog‘ingizni alangaga bir lahza tutib turishning o‘zi yetarli. Shunday bo‘lsa-da, bu ishga qo‘l urganlar yetarli. Vyetnamlik ruhoniy Txit Kuang Dik buddaviylarga ko‘rsatilayotgan bosimga norozilik tariqasida o‘zini oshkora yoqib, dunyoni larzaga solgan bo‘lsa, tunislik yosh baqqol Muhammad Buaziziyning qishda o‘ziga o‘t qo‘yishi “bahor”ni boshlab keldi. Qayta qurish yillarida ayollar o‘zini o‘zi yoqishi Shavkat Rahmon she’rlari va Dadaxon Hasanov qo‘shiqlarida qolib ketgan bo‘lsa, bugun tadbirkor o‘zining joniga qasd qilmoqda. Kishi tan azobini pisand qilmay ustidan yonilg‘i quyib, qo‘liga gugurt olishga undovchi sabab ruh azobidir.

    Surxondaryolik tadbirkor yigit kreditga olgan puliga qurilgan kafeni hokimiyat buzib tashlaganiga norozilik sifatida hokimiyat binosi oldida o‘zini yondirganini o‘qib yuqoridagi xayolga bordim. Biz qaysidir uzoq mamlakatda va tarixda jabr ko‘rganlarni o‘qib achinamiz, larzaga tushamiz. Holbuki, yonimizda bir odam hokimlikka gapi yetmagani uchun o‘ziga o‘t qo‘ymoqda. Norozilikning eng qo‘rqinchli, og‘riqli yo‘lini tanlamoqda. Chunki unda boshqa yo‘l qolmadi. “...ochilgan keng yo‘l” uni kanistr va gugurtga olib keldi.

    Uning ham rejalari, orzusi bo‘lgan, albatta. Kafesining daromadidan uy qurishni mo‘ljallagandir, to‘y qilishni istagandir. Ehtimol, oilasi betobdir. Ammo hokimiyatning buldozeri uning rejalarini majaqlab o‘tib ketdi. Va… uning o‘zi hammasiga sababchi bo‘lib chiqdi.

    “...Tuman hokimligida B.E.ning yer ajratish haqidagi murojaatlari mavjudligi fakti o‘rganilganda, u ushbu voqeaga qadar tuman hokimligiga yer ajratish haqida rasman murojaat qilmaganligi aniqlangan...”

    “...Biroq, O.J. tumandagi “Uchqizil” mahallasida 2018-yil boshlaridan 50 kvadrat metr yer maydonida o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda ayvon (naves) qurib olib, undan umumiy ovqatlanish shoxobchasi sifatida foydalanib, aholiga ‘pirojki’ pishirib sotish bilan shug‘ullangan...”

    “...Biroq B.E. qonuniy qurilmani o‘z ixtiyori bilan buzib olganligi bois, hujjat rasmiylashtirilmagan...”

    “...B.E. hozirda hech kimga da’vosi yo‘qligini, qilgan ishidan pushaymonligini ma’lum qilgan...”

    Shunaqa gaplar. O‘zing sababchisan, chunki qo‘lingga gugurt olding, demagan xolos.

    Darvoqe, fojia olis Surxondaryoda yuz bergan. Vyetnam yoki Tunisda bo‘lganda barchasi boshqacha kechishi mumkin edi.

    Sarvar usta

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:

    Oshxo‘rga osh, ishxo‘rga ish

    “Taroq” blokbasteriga marhabo

    2019 yilda Toshkentda uchar avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    “O‘zing nima qilding?” “Kurakka suyandim”

    Yusufbek hojining smayligi

    “Fermer hokimni urganda nima bo‘lardi?”

    05.03.2019, 17:32   Izoh (0)   36792
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.