Shveysariyaning Syurix kantoni aholisi xo‘rozga “qarshi” sud ishida g‘olib bo‘ldi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, xo‘roz “rejaga ko‘ra va sekin” qichqirish majburiyatini oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, uyi yaqinidagi avtoturargohda tovuqxona ochgan erkakning qo‘shnilari xo‘roz haddan ortiq baland qichqirgani sababli sudga bergan.
Da’vogar xo‘roz qanchalik baland va necha marta qichqirishini hisoblagan. Aniqlanishicha, xo‘roz kechasi bir soat ichida 14—44 marta qichqiradi. Uning balandligi 84 detsibelni tashkil etadi va u 15 metr uzoqlikkacha boradi.
Sud da’voni qanoatlantirgan va xo‘roz egasiga dushanba—sukshanba kunlari kechasi soat 10:00 dan ertalabki soat 8:00 gacha, yakshanba kuni esa kechki soat 10:00 dan ertalab 9:00 gacha xo‘rozning “sukut saqlash” majburiyatini yuklagan.
Shuningdek, tovuqxonada shovqinni to‘sish darajasini oshirish belgilangan.
Ma’lumot uchun, shunga o‘xshash sud ishi Fransiyada ham ko‘rib chiqilmoqda. U yerda erta tongda qichqirib, qo‘shnilarni uyg‘otayotgan xo‘roz sud qilinmoqda.
Izoh (0)