Avvalroq xabar berganimizdek, 12-iyul kuni Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan dolzarb masalalarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilgan edi.
Munozara shaklidagi tadbirda O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, Oliy majlis Senatining a’zosi Ulug‘bek Sotiboldiyev mamlakat soliq, bojxona va bank tizimlaridagi mavjud muammolar, ularni hal etishga qaratilgan choralar va takliflarni o‘z ichiga olgan ma’ruza qildi. Quyida senat a’zosining takliflarini keltirib o‘tamiz:
- Barcha tadbirkorlik subyektlari umumbelgilangan soliq to‘lovchilari bo‘lishi kerak, faqat yakka xizmat turi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliq to‘lovchilari bo‘lishi mumkin.
- Mahsulotlar va xizmatlar eksportidan topilgan daromad soliqqa tortilmasligi kerak.
- Banklar va moliyaviy tashkilotlar faoliyati soliqqa tortilmasligi kerak.
- Xayriya jamg‘armalari va uyushmalar faoliyati soliqqa tortilmasligi kerak.
- Mamlakat hududidan tashqarida topilgan daromad soliqqa tortilmasligi kerak.
- Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i 10 foiz va har oy hisobot topshirilishi kerak.
- Yagona ijtimoiy to‘lov 10 foiz va shaxsiy hisob varag‘iga jamg‘arilishi kerak va har oy hisobot topshirilishi kerak.
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i 10 foiz va hamma sohaga qo‘llanilishi kerak va har oy hisobot topshirilishi kerak. QQS ni hisobga olishning birinchi va ikkinchi hisobga olish uslubi qo‘llanilishi kerak. QQS hisoblangan ko‘chmas mulk va transport vositasi jismoniy shaxsga sotilganda QQS aks ettirilgan holda hujjat rasmiylashtirilishi kerak va jismoniy shaxsdan yuridik shaxs qaytib sotib olganda bu QQS hisobga olinishi kerak.
- Foyda solig‘i 10 foiz va sohalarga qarab hisobot topshirilishi kerak.
- Yer solig‘i uch xil shaklda hisoblanishi kerak va turiga qarab hisobot topshirilishi kerak.
2) tomorqa yerlari foydalanilayotganligiga qarab;
3) bino va inshootlar egallagan yerlar markazga yaqinligiga qarab;
- Bulardan tashqari suvdan foydalanganlik solig‘i, tabiiy resurslar solig‘i, aksiz solig‘i mahsulot turiga qarab va qat’iy belgilangan soliq to‘lov turi xizmat turiga qarab ham bo‘lishi kerak. Avtomobil yoqilg‘isi solig‘i vaqtinchalik amal qilib, keyin bu ham bekor bo‘lishi kerak, avtomagistral yo‘llarini pullik qilib qo‘yish kerak.
- Import bo‘lgan mahsulot va xizmatlardan (ba’zi maxsus tovarlardan tashqari) faqat 10 foiz QQS va bojxona yig‘imi olinishi kerak, qo‘llab-quvvatlanishi kerak bo‘lgan sohalarning uyushmalariga a’zo bo‘lgan korxonalarga ishlab chiqarish uskunalari va butlovchi qismlari, xom-ashyo va shu kabilar korxonaning shaxsiy ehtiyoji uchun import qilinganda QQS to‘lovidan ozod etiladi, agar ichki bozorga sotilsa, QQS hisoblanib sotilishi kerak. Asosiy vositalarning QQS ni buxgalteriya standartlaridagi eskirish hisoblash tartibiga mos holda hisobga olish kerak.
- Eksport bo‘lgan mahsulot va xizmatlar nol stavka QQS bilan amalga oshirilishi kerak va fuqarolarning davlat hududidan olib chiqib ketayotgan mahsulotlarining QQS so‘mmasi qaytarib berilishi kerak.
- Onlayn elektron schyot-fakturalar yuritilishi kerak va chakana savdodagi mahsulotlarning ro‘yxatlari ham kunlik elektron kiritilib borilishi kerak.
- Mulk solig‘idan to‘liq voz kechilishi kerak, uning o‘rniga yer solig‘ini takomillashtirish kerak.
- Bank tizimi jahon bozoriga ochiq, davlat aralashuvidan mustaqil va erkin bozor iqtisodiyoti sharoiti tamoyillariga asoslangan bo‘lishi kerak (imtiyozli moliyalashtirish jarayonida banklar faqat ta’minot uchun vositachi vazifasini bajarishi kerak).
- Bank tizimida bosqichma-bosqich naqd pul muomalasidan voz kechilib, naqdsiz pul muomalasiga o‘tish kerak.
- Milliy valyutamiz mustahkamligini davlat o‘z kafolatiga olishi kerak.
- Importni qoplamaydigan eksport farqini dasturli investitsiyalar bilan qoplash kerak.
- Eksportni qoplamaydigan import farqini pul emissiyasi bilan qoplash kerak.
- Qo‘llab-quvvatlanishi kerak bo‘lgan turli soha uyushmalarining a’zolarini imtiyozli moliyalashtirish uchun jamg‘armalarni eksport va dasturli investitsiyalarga qarshi pul emissiyasi bilan shakllantirish kerak.
Izoh (0)