Chexiyaning Karlovy Vary shahrida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi ma’lumotiga tayanib, TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi N.J. 10-iyul kuni Karlovy Vary shahridagi sanatoriylardan birida vafot etgan.
Ayni paytda elchixonaning konsullik bo‘limi marhumning qarindoshlari va Praga shahridagi o‘zbek diasporasi vakillari bilan birgalikda konsullik-huquqiy masalalarni, jumladan, vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga yuborishni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Shlezvig-Holshtayn, Turingiya), Shvetsiya, Shveysariya va Chexiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Berlin elchixonasiga +49-30-39-40-98-55, +49-30-39-40-98-30 telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkinligini eslatgan.
Izoh (0)