MIB Karmana bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 27 ta avtotransport vositasi topilib, xatlanishidan 381 million so‘m undirildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor F.V.dan undiruvchi D.V. foydasiga uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqida qaror chiqarilgan. Qarzdor tomonidan unduruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan 16 million so‘m aliment to‘lovlari to‘lanmay qolganligi yuzasidan tuman davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinani qidirib topish yuzasidan qidiruv harakatlari olib borilgan.
Tezkor tadbirlar natijasida ushbu mashina Andijon viloyati Izboskan tumanidan topilib, avtomashina aliment qarzdorligini qoplash maqsadida MIB Karmana tuman bo‘limiga olib kelinishi ta’minlandi.
Bundan tashqari fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, qarzdor A.H.dan undiruvchi M.G. foydasiga 32 million so‘m qarz undirish belgilangan.
Biroq qarzdor ushbu summani to‘lashdan bosh tortib kelayotgani sababli sud ijrochisi tomonidan qidiruv qarori chiqarilib, A.H.ga tegishli Spark rusumli avtotransport vositasi xatlanib, qarz summasi to‘liq undirilishga erishildi.
Izoh (0)