• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tugatilib, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-iyul kuni sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati

    Sug‘urta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biridir. Biroq mamlakat moliya bozorida bu xizmatlarning o‘rni hozircha katta emas.

    Joriy yilning olti oyida sug‘urta tashkilotlari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofoti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar oshgan bo‘lsa-da, sug‘urta tushumi aholi jon boshiga 50 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

    Ushbu sohaning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 0,4 foizni tashkil etmoqda. Qiyos uchun, bu ko‘rsatkich Janubiy Koreyada 11 foiz, Germaniyada 6 foiz, Rossiyada 1,5 foizni tashkil etadi.

    Buning asosiy sabablaridan biri — sug‘urta xizmatlari yetarli darajada jozibador emasligi. Misol uchun, o‘tgan olti oyda umumiy sug‘urta tarmog‘ida 887 milliard so‘m sug‘urta mukofoti yig‘ilgan bo‘lsa-da, ushbu davrda mijozlarga to‘langan sug‘urta qoplamasining hajmi mukofotning atigi 11 foiziga to‘g‘ri kelgan. Dunyoda esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 50-60 foizdir.

    Yig‘ilishda Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilish masalasi muhokama etildi.

    – Sohaga nazoratchi emas, ilg‘or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o‘rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug‘urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.Shu bois, ushbu inspeksiyani tugatib, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etish taklif qilindi. Mutasaddilarga sug‘urta sohasini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022-yilgacha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 baravar oshirish vazifasi qo‘yildi.

    Avvalo, aholi va tadbirkorlarning sug‘urtaga ishonchini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddatlari va hujjatlarini qisqartirish, sug‘urta hodisasini adolatli baholash va to‘lovlarni tezkor to‘lash tizimini joriy qilish vazifasi topshirildi.

    Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Jumladan, sug‘urta kompaniyalarining lizing faoliyati bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirish va lizing xizmatlari bo‘yicha soliqqa tortish tizimini takomillashtirish vazifalari belgilandi.

    Iqtisodiyot tarmoqlarini sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish muhimligi qayd etildi. Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini sug‘urtalash xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan subsidiyalash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Milliy sug‘urta kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqishini ta’minlash, ilg‘or korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish orqali xalqaro reytinglar olish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilandi.

    Sug‘urta sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni nufuzli xorijiy bilim yurtlarida o‘qitish va yetakchi kompaniyalarda malakasini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

    Mamlakatda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish haqida so‘z borar ekan, davlat rahbari bunga puxta tayyorgarlik ko‘rish, tibbiy xizmatlarning minimal ijtimoiy paketini shakllantirish kerakligini ta’kidladi.

    10.07.2019, 20:15   Izoh (0)   23111
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda mast o‘tkinchi YHXB xodimini do‘pposladi va uning pogonini yulib oldi

    10.07.2019, 20:02

    Shavkat Javlonov: “Mahalla raislarimizning hammasida ham kriminal holatlar bo‘lmaydi, deb kafolat berolmayman”

    10.07.2019, 19:49

    11-iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo 45 darajagacha isiydi

    10.07.2019, 19:36

    Samarqandlik ikki yigit o‘z qo‘llari bilan Lamborghini Aventador mashinasini yig‘moqda (foto)

    10.07.2019, 19:23

    Hujjat topshirish uchun navbat kutayotgan abituriyentlar jaziramada hushidan ketmoqda (video)

    10.07.2019, 18:57

    Yakshanba kuni uydan ishga ketayotganligini aytib chiqib ketgan Tayloq tuman soliq inspeksiyasi xodimi yurak xurujidan vafot etdi

    10.07.2019, 18:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.