2018-yil avgust oyida Samarqand shahar Navboxchiyon mahallasida yashovchi 36 yoshli P.X. tanishlari 25 yoshli S.A. va 28 yoshli S.O‘.ni Yaponiya davlatiga ishlashga yuborishini aytib, ulardan 5000 dollar olgan. Biroq P.X. bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
8-iyul kuni Samarqand shahar IIBning ma’lumotiga ko‘ra P.X. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)