11—18-iyulda O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 5-7° yuqori bo‘lgan juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lum qildi.
Havo kunduz kunlari 40-42° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 43-45° gacha bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel bo‘lishi mumkin.
11—18-iyulda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida harorat fonining ko‘tarilishi hisobiga Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan glyatsial (muzli) sel toshqinlari o‘tishi mumkin.
Izoh (0)