Britaniyalik jurnalist Joanna Lillis O‘zbekistonda ham faoliyat olib boradi. Bu haqda BBC xodimi Rustam Qobil ma’lum qilgan.
“Toshkentdan juda yaxshi yangiliklar. Joanna Lillis O‘zbekistonda akkreditatsiya oldi. U The Ekonomist jurnali uchun materiallar tayyorlaydi”, — deya yozuv qoldirgan Rustam.
Ma’lumot uchun, Joanna Lillis Qozog‘istonda yashaydi va Markaziy Osiyo mintaqasini yoritishga ixtisoslashgan. Maqolalari The Economist, The Guardian va Eurasianet nashrlarida e’lon qilinadi. “Qora soyalar: Qozog‘iston maxfiy dunyosi ichida” nomli kitob muallifi.
Izoh (0)