Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘dan o‘tgan kanalda cho‘milmoqchi bo‘lgan erkak cho‘kib ketdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 7-iyul kuni soat 17:30 da Chilonzorda sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan xorazmlik 39 yoshli Ilhom K. cho‘milish uchun kanalga tushgan va cho‘kib ketgan. Erkakning jasadini FVV xodimlari topgan.
Izoh (0)