Anomal issiqlik O‘zbekiston bo‘ylab qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar tezligiga cheklov belgilanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyatining ma’lum qilishicha, “Toshkent— Andijon”, “Toshkent—Urganch—Xiva”, “Toshkent— Qo‘ng‘irot”, “Toshkent— Termiz” va “Toshkent— Buxoro” yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarining harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar tezligiga cheklov belgilangan. Bunga sabab O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiqlik hisoblanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida mazkur poyezdlarda bepul mineral suvlar tarqatish yo‘lga qo‘yildi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati o‘z mijozlariga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)