Vladimir Putin tomonidan qabul qilingan Rossiya aviakompaniyalarining Gruziyaga parvozini vaqtincha taqiqlovchi farmon bugun, 8-iyuldan kuchga kirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovga taqiq Gruziya aviakompaniyalariga ham tegishli.
Moskvadan Tbilisiga oxirgi reys 7-iyul, yakshanba kuni kechki payt amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, mazkur farmonga qadar Gruziyaga Rossiyaning 7 ta, Rossiyaga esa Gruziyaning 2 ta aviakompaniyasi reyslarni bajarib kelgan.
Izoh (0)