Indoneziyaning Sulavesi oroli yaqinidagi Molukk dengizida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yer osti silkinishlari 36,3 kilometr chuqurlikda aniqlangan bo‘lib, uning epimarkazi Ternate shahridan 133 kilometr g‘arbda joylashgan.
Zilzila oqibatida jarohat olganlar yoki vayron bo‘lgan binolar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Al Jazerra telekanalining ma’lumotiga ko‘ra, yer osti silkinishlari Ternateda vahima keltirib chiqargan — shahar aholisi qirg‘oqbo‘yi hududlarni tark eta boshlangan. Indoneziya hukumati sunami xavfidan ogohlantirgan, biroq keyinroq hech qanday xavf yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)