Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali jurnalisti Georgiy Gabuniy efirda Rossiya prezidentini haqorat qilganidan so‘ng telekanal faoliyati 8-iyulga o‘tar kechasi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, teleboshlovchi 8-iyulda o‘zining “Postskriptum” mualliflik ko‘rsatuvida bir daqiqadan ortiq vaqt rus tilida haqorat qilgan holda Putin va uning ota-onasiga murojaat qilgan.
Dastur efirga uzatilganidan ko‘p o‘tmay, telekompaniya binosi oldida jurnalistning nutqidan norozi bo‘lgan fuqarolarning norozilik namoyishi boshlangan. Namoyishchilar Gabuniyni ishdan bo‘shatishni talab qilgan. Jurnalistlar hayotiga tahdid xavfi yuzaga kelgani sababli “Rustavi 2” o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan.
Kanal Gabuniy qilmishi uchun uzr so‘rab, boshlovchi axloq normalari va tahririyat siyosati normalarini buzganini ta’kidlagan.
Gabuniyning qilmishini ko‘plab gruziyalik siyosatchilar, shu jumladan mamlakat prezidenti Samlome Zurabishvili ham qoralagan.
Kanal 8-iyul kuni tongda o‘z ishini yana davom ettirgan.
Izoh (0)