Rossiyaning Salavat shahridagi bankdan 20 milliondan ortiq pulni o‘g‘irlab qochgan kassir huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan Qozonda qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volkning so‘zlariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Mavjud ma’lumotlariga ko‘ra, ayol Qozon shahrida ijaraga kvartira olib, yashirinib yurgan. Hozircha yo‘qolgan pullar topilganicha yo‘q va politsiyachilar ayolni tergov qilmoqda.
Shuningdek, Irina Volkning aytishicha, ayni vaqtda ayolning turmush o‘rtog‘i va qizi ham qidirilmoqda.
Qo‘lga olingan ayolga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 160-modda 4-qismi (o‘zlashtirish yoki rastrata) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bankdagi o‘g‘irlik joriy yilning 27-may sanasida sodir bo‘lgan edi. Ayol ishdan so‘ng ofisdan katta sumka bilan chiqib ketgan. Keyinroq, bankdan 23—25 million rubl yo‘qolgani ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)