Fransiyada “Iblis tog‘i” nomi bilan tanilgan ekstremal velomusobaqa bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Yuzlab velosipedchilar Alp tog‘ida to‘planib, dunyodagi eng noodatiy poygalardan biri — “Iblis tog‘i”da ishtirok etdi. Sportchilar qorli tog‘ yo‘li orqali harakatlanib, yiqilib tushmaslikka intiladi. Biroq ularning aksariyati birinchi yuz metr masofadan so‘ng muvozanatni yo‘qotadi.
Poyga ishtirokchilari shu qadar ko‘pki, yiqilib tushganlarni aylanib o‘tishning imkoni yo‘q.
Har yili o‘tkaziladigan mazkur musobaqa joriy yilda ham ajoyib o‘tgani ta’kidlanmoqda. Poyga ishtirokchilaridan hech biri jiddiy jarohat olmagani aytildi.
Izoh (0)