Fox News telekanali jurnalistlari KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘idan xavotirda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, Amerika prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida Kim Chen In og‘ir nafas olgan, bir necha qadam yurganiga qaramay terlab ketgan. KXDR rahbarining tana ko‘rinishi to‘la bo‘lgani sabab, bu uning sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Kim Chen In bemavrid vafot etib qolgudek bo‘lsa, bu yaqin yillar ichida xalqaro diplomatiyaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tibbiy muxbir Mark Sigelning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi semizligi sabab giperventilyatsiya sindromidan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari Kim Chen In juda ko‘p tamaki chekishi ma’lum. Hali 40 yoshga kirmagan rahbar nafas olganida xirillaydi, bu esa o‘pka enfizemasi mavjudligidan dalolat beradi.
Izoh (0)