Liviya poytaxti Tripoli yaqinidagi migrantlar markaziga aviahujum uyushtirildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Oqibatda 40 kishi halok bo‘lgan, yana 80 ga yaqin odam jarohatlangan. Markaz vakillarining ta’kidlashicha, aviahujum ortida feldmarshal Xalifa Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi kuchlari turibdi.
Xaftar 4-aprel kuni Tripoliga hujum boshlanganini bildirgan. Jahon sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jangovar harakatlar boshlanganidan buyon 650 kishi halok bo‘lgan, yaralanganlar soni 3 500 nafardan oshgan.
Izoh (0)