Rossiyaning Barens dengizida halok bo‘lgan atom suvosti kemasi dengizchilari Sankt-Peterburgdagi harbiy qism hisobida turgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qurbonlar Rossiya Mudofaa vazirligining chuqur suvosti tadqiqotlari bosh boshqarmasiga bo‘ysinuvchi qism shaxsiy tarkibiga kirgani bildirilmoqda.
Mazkur qism haqidagi ma’lumotlar sir saqlanadi. Internetdagi manbalarga ko‘ra, bo‘linma razvedkaga ixtisoslashgan.
Izoh (0)