Facebook Germaniyada 2 million yevro miqdorida jarima to‘laydi. Bu haqda mamlakat adliya vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Vazirlik qarori ijtimoiy tarmoqning nafrat ruhidagi chiqishlarga qarshi kurashda yetarlicha shaffof emasligi bilan izohlangan.
Facebook har yili nemis tilida noqonuniy matnlar haqidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqilishi yuzasidan hisobot topshirish majburiyatini olgandi. Biroq 2018-yil uchun taqdim etilgan hisobot to‘liq bo‘lmagani va unda barcha shikoyatlar aks etmagani bildirilmoqda.
Izoh (0)