Belarus Respublikasining mustaqillikka erishgani munosabati bilan tashkil etilgan bayram mushakbozligi oqibatida bir nechta uyning oynalariga shikast yetdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Shuningdek, mushakbozlik bir ayolning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilmqoda. Hozirda mazkur noxush hodisa mahalliy tergov qo‘mitasi tomonidan tekshirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bayram tantanalari vaqtida ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lgan. Mushakbozlikni Svisloch daryosi qirg‘og‘idan turib kuzatayotgan ayolga snaryad parchasi kelib tekkan.
Bundan tashqari yana bir necha kishi jarohat olgani aytilmoqda.
Izoh (0)