AQSh Harbiy-havo kuchlarining A-10 Thunderbolt II shturmchi samolyoti Florida osmonida qush bilan to‘qnashganidan so‘ng 3 ta o‘quv bombasidan xalos bo‘lishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
BDU-33 o‘quv bombalarining har biri 11 kilogrammdan oshiqroq bo‘lib, oz miqorda pirotexnika snaryadiga ega.
Bombalar gavjum shossega ikki kilometr yetmay tashlangan, biroq aniq qayerga tushgani ma’lum emas. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan.
Harbiylar ularni topib olgan kishilardan snaryadlarga yaqinlashmaslikni so‘ragan.
Izoh (0)