14 nafar suvosti dengizchilari yong‘in oqibatida halok bo‘lgan Rossiya apparati “Losharik” sifatida ma’lum bo‘lgan AS-12 atom chuqur suvosti kemasi ekanligi xabar qilindi. Bu haqda kuch tuzilmalaridagi manbasiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Favqulodda vaziyatda apparatning shtat ekipaji halok bo‘lgan. Hozir o‘ta maxfiy suvosti kemasi Severomorskda bo‘lib turibdi. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya harbiy-dengiz flotining 14 nafar suvosti dengizchilari ilmiy-tadqiqot chuqur suvosti apparatida yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘ldi.
Izoh (0)