Toshkentda Shahar kunini bayram qilish rejasi bor, biroq hali aniq bir kun belgilanganicha yo‘q. Bu haqda poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.
Jahongir Ortiqxo‘jayevning aytishicha, “Toshkent kuni”ni nishonlash rejasi bor, ammo aniq kuni hali belgilanganicha yo‘q. Bu sanani joriy etishdan avval shaharda ancha ishlarni qilib ulgurish kerak.
“Bu masalani ko‘p o‘yladik. Bilasizmi, qilsak eng yaxshisini qilaylik. Bu yuzaki bir bayram bo‘lishini, yuzaki nishonlanishini xohlamaymiz. U yilning qaysi paytida bo‘ladi, jaziramadami, eng chiroyli fasldami — aniq to‘xtamga kelmadik. Xullas, nishonlasak eng yaxshi payt nishonlaylik. Xuddi Mustaqillik bayrami yoki Navro‘zdek esda qolarli bayram bo‘lsin”, — dedi hokim.
Izoh (0)