Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 29-iyun kuni yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. “Xalq so‘zi onlayn”ning yozishicha, katta tezlikda xarakatlanib kelayotgan Nexia yo‘l chetida to‘xtab turgan “Jiguli”ga kuchli zarb bilan urilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlarga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan. Shikastlangan mashinalar evakuatorlarga ortilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga Nexia haydovchisining rulda uxlab qolishi sabab bo‘lgan.
Izoh (0)