Toshkentdagi “OtelO‘zbekiston” MChJ qo‘shma korxonasidagi davlat ulushi (80,13 foiz) 33 million dollarga baholandi. Bu ochiq kimoshdi savdosiga qo‘yilgan obyektning boshlang‘ich narxi, deb xabar beradi “NUZ.uz”.
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-yanvardagi qaroriga ko‘ra, davlat ulushi “O‘zbekiston” kompleksi binosi va hududidagi infratuzilma obyektlaridan foydalanish huquqi bilan 99 yilga berilgan.
To‘lovlarning maksimal to‘lash muddati uch yil davomida har chorakda teng ulushda amalga oshiriladi. Shu bilan birga minimal sarmoya majburiyati 100 million so‘mga teng.
Davlat ulushi quyidagi shartlar bo‘yicha amalda bo‘ladi:
- Davlat ulushi olinganidan boshlab 10 yil davomida asosiy faoliyat turini (mehmonxona xizmati) saqlab qolish;
- Mehmonxona tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmasdan boshqaruv uchun eng yaxshi menejerlarni jalb qilish.
Konkursda ishtirok etuvchilar boshlang‘ich summaning 15 foiz miqdorida depozit qo‘yishlari kerak.
Tanlov o‘tkazilmagan, deb hisoblangan taqdirda takroriy tanlov dastlabki tanlov o‘tkazilgan kundan (2019-yil 11-iyun) boshlab har o‘n ish kunida bir marta o‘tkazilishi mumkin.
Izoh (0)