Koloradoda yozgi tengkunlikda qor yog‘di. Forum Daily’ning yozishicha, ayrim joylarda qor qoplami qalinligi yarim metrdan oshdi.
Xabarda aytilishicha, 21-iyunda Steamboat kurortida dengiz sathidan taxminan 2 kilometr balandlikdagi hududda kun davomida yoqqan qor qalinligi qariyb 20 santimetrga yetgan. Denverdan taxminan 250 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Stimbot-Springs kurorti bunday ajoyib tabiat hodisasini “yozgi qor”, deb nomladi.
Qorli ob-havo haqida ogohlantirish 23-iyundan beri amal qilgan, lekin bu paytda kurortda havo sezilarli darajada ilib, quyosh qor uyumini eritib yuborgan.
https://twitter.com/i/status/1142841934395973634
Milliy meteorologik xizmat xabariga ko‘ra, bu haftada shaharda Selsiy bo‘yicha 27,7 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)