Rossiyada Meva do‘koni egasi bo‘lgan ozarboyjonlik shaxs ko‘chadan ichida 1 million rubl bo‘lgan paket topib oldi va uni egasiga qaytardi, deb xabar bermoqda “Izvestiya”.
Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli Shamxal Gezalov do‘sti bilan bankka bormoqchi bo‘lgan. Kredit tashkilotidan chiqayotganida notanish erkak paket tushirib qoldirganiga guvoh bo‘lgan. Paket egasi buni sezmay, mashinasiga o‘tirib ketib qolgan.
Gezalov paketni olib, ichida 1 million rubl borligini ko‘rgan. Uning do‘sti o‘sha zahotiyoq topilma haqida ijtimoiy tarmoqqa e’lon bergan. O‘zi esa pul egasini quvib yetishga shoshilgan.
Ozarbayjonlik erkak uzoq vaqt pul egasini quvib yeta olmagan, chunki u to‘xtashni xohlamagan. Shunda Gezalov unga paketni ko‘rsatgan va shundan so‘nggina u to‘xtaydi. Pul egasi bo‘lgan irkutslik shaxs Shamxalga minnatdorchilik tariqasida pul bermoqchi bo‘lgan, lekin u qabul qilmagan. Shundan so‘ng unga qimmat konyak sovg‘a qilgan.
Gezalov kamtarona hayot kechirishga o‘rgangani uchun uning do‘sti bo‘lib o‘tgan voqeani ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Izoh (0)