Singapur xalqaro aeroportida yettita reys bir nechta uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmalari sabab bekor qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Singapur fuqarolik aviatsiya boshqarmasi tomonidan 18 ta dron qo‘lga olingan.
“Changi” aeroportining faoliyati xavfsizlik nuqtayi nazaridan to‘xtatilgan. Hozirda noxush hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, o‘tgan hafta “Changi” aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi havo makonida dronlar paydo bo‘lgani sabab bir necha soatga yopilgan edi. Buning oqibatida 40 ga yaqin reys bekor qilingan.
Izoh (0)