Germaniyaning Meklenburg-Old Pomeraniya o‘lkasida ikkita Eurofighter qiruvchi samolyoti halokatga uchradi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Mamlakat ichki ishlar vazirligi halokatni tasdiqladi.
Xabarlarga ko‘ra, samolyotlar dastlab to‘qnashib ketgan, so‘ng yerga qulagan. O‘rmondagi halokat joyida yong‘in boshlangan.
Uchuvchilarning taqdiri noma’lum. Ular katapulta qilishga ulgurgan-ulgurmaganligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)