Moskva ko‘chalarida noma’lum shaxslar tomonidan ulashilgan ichimliklarni ichgan yo‘lovchilar xushini yo‘qotib, komaga tushmoqda, deb xabar beradi “Exo.Moskvi”.
Ta’kidlanishicha, shundan so‘ng xushsiz fuqarolar kaltaklanib, ularning yonidagi buyumlari o‘g‘irlab ketilgan. So‘nggi bir oy ichida “Gorka” bo‘g‘iga dam olgani kelgan, “Zinziver” va “Yama” jamoat joyidagi odamlarning kamida 24 nafari jabrlangan.
Hozircha shifokorlar ichimlikka nima qo‘shilganini aniqlay olganicha yo‘q. Politsiyachilar bo‘shagan idishlarni ekspertizaga olib ketishdan bosh tortgan.
Izoh (0)