“Nyukasl” bosh murabbiyi Rafael Benites iste’foga chiqarildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
“Qarg‘alar” rahbariyati ispaniyalik mutaxassis bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadi.
Ma’lumot uchun, Benitesning klub bilan tuzgan shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga yetardi. U bilan birgalikda uning yordamchisi ham klubni tark etadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Benites 2016-yilning mart oyidan buyon “Nyukasl”ni boshqarib kelayotgandi. Jamoa uning qo‘l ostida 2018/19-yilgi mavsum Premyer ligada 13-o‘rinni egalladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)