Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turi doirasida 23-iyun, yakshanba kuni so‘nggi 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Kunning dastlabki o‘yini Surxondaryoda kechdi. Unda mezbon “Surxon” jamoasi Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Husnidddin G‘ofurov hamda Vladimir Bubanya mualliflik qildi.
Qarshining “Nasaf” klubi esa safarda “Metallurg”ga qarshi bahs olib bordi. O‘yindagi yagona gol 84-daqiqada qarshiliklar a’zosi Humoyun Murtazoyev tomonidan kiritildi.
Bosh murabbiysiz qolgan Namanganning “Navbahor” klubi esa o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Mezbonlar safida gollarning ikkitasiga Shahzod Shaymanov, yana bittasiga esa Ivan Solovyev mualliflik qildi. “Buxoro”ning yagona javob goli esa Vladimir Bayenko nomiga yozildi.
Shu tariqa O‘zbekiston Superligasida 12-tur bahslari yakuniga yetdi.
Superliga
12-tur bahslari
23-iyun, yakshanba
“Surxon”—“Bunyodkor” 2:0
Gollar: 1:0 — 19 Husniddin G‘ofurov, 2:0 — 40 Vladimir Bubanya.“Metallurg”—“Nasaf” 0:1
Gol: 0:1 — 84 Humoyun Murtazoyev.“Navbahor”—“Buxoro” 3:1
Gollar: 1:0 — 14 Shahzod Shaymanov, 2:0 — 17 Shahzod Shaymanov, 3:0 — 87 Ivan Solovyev, 3:1 — 89 Vladimir Bayenko.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)