Futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasining “B” guruhida 23-iyun, yakshanba kuni 3-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.
Qatar terma jamoasi Messi yetakchiligidagi Argentinaga qarshi bahs olib boradi. Qatar o‘tgan turda Kolumbiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Argentina esa Paragvay bilan 1:1 hisobida durang qayd etgandi.
Guruhdan chiqish masalasini muddatidan avval hal etgan Kolumbiya terma jamoasi esa Paragvayga qarshi maydonga tushadi. Ikkala bellashuv ham 00:00 da boshlanadi.
2-turdan keyin guruhdagi vaziyatKopa Amerika—2019
3-tur bahslari
23-iyun, yakshanba
“B” guruhi
Qatar—Argentina 00:00
Kolumbiya—Paragvay 00:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)