NASA koinot agentligi mutaxassislari Curiosity marsoxodidan olingan ma’lumotlarni o‘rganib, Qizil sayyora atmosferasida katta hajmda metan gazi borligini aniqladi. Bu esa uzoq sayyorada tirik jonzotlar bo‘lishi mumkinligidan darak beradi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Olimlar marsoxoddan qo‘shimcha ma’lumot so‘ragan. Ular o‘z kuzatuvlarini isbotlash uchun yangi tajribalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Olimlarning ta’kidlashicha, aniqlangan metan yaqindagina hosil bo‘lgan, chunki quyosh nuri va kimyoviy reaksiyalar uni parchalaydi. Tadqiqotchilar gaz sayyora ichida millionlab yillar saqlangani va endi yoriqlar orqali chiqayotgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmagan.
2013-yilda ham marsoxod Marsda metan aniqlagan. Ushbu haftada olingan kuzatuvlar esa aniqlangan metan hajmi 6 yil qayd qilingan metannikidan 3 marta ko‘pligini ko‘rsatgan.
Izoh (0)