Buxoro tibbiyot institutiga “super kontrakt” bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan JKning 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berishicha, buxorolik G.T. M.K bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib Jondor tumanida yashovchi tanishi Olimning (ismi o‘zgartirilgan) bir necha yildan beri Buxoro tibbiyot institutiga o‘qishga kira olmayotgan qizini qo‘shimcha shartnoma asosida o‘qishga kiritib qo‘yishini aytadi.
Usmon to‘lov shartnoma kvitantsiyasini olib kelishni va’da qilib, turli vaqtlarda jami 68 060 000 so‘mni tashkil qilgan 8200 AQSh dollari miqdoridagi naqd pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Ammo hech qayerga to‘lov qilmasdan, jinoiy sherigi Mardon bilan o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)