Qashqadaryoning Qarshi shahri Bo‘stonliq ko‘chasida 21-iyun kuni talonchilik jinoyati sodir etildi, deya xabar bermoqda IIV.
Xabar berishlaricha, Qarshi shahrida yashovchi, ikkisi ham 21 yosh bo‘lgan U.H. va A.Z. “Yashil bozor” binosi qarshisida 28 yoshli Sh.R.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 220 ming so‘m puli, RedMi 4X va BlackBerry telefonlarini tortib olgan.
“Ko‘rilgan choralar natijasida U.H. va A.Z. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)