Toshkentdan Olmaotaga uchayotgan Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi samolyoti germetizatsiya tizimidagi muammo sababli Chimkentga favqulodda qo‘ndirildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Samolyot Chimkentga 22-iyun kuni mahalliy vaqt bilan 16:15 da qo‘ndirilgan, qo‘nish shtat rejimida amalga oshirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Yo‘lovchilar mahalliy vaqt bilan 22:40 da muntazam “Chimkent—Olmaota” reysi bilan belgilangan manzilga yetkaziladi. Ayni vaqtda samolyotdagi nosozlik bartaraf etilmoqda.
Izoh (0)