• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Kopa Amerika musobaqasida ishlaydigan ilk o‘zbekistonlik Alisher Nikimbayev hikoyasi

    Futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasi o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun “A” guruhida 3-tur bahslariga start beriladi. Jumladan, musobaqa mezboni Braziliya terma jamoasi Peruga qarshi bahs olib boradi. O‘yinning e’tiborli jihatlaridan biri unda o‘zbekistonli futbol eksperti Alisher Nikimbayev ham ishlaydi. U bellashuvda koordinator yordamchisi bo‘lib ishlaydi. Nikimbayev o‘yindan oldin “Daryo” o‘quvchilariga musobaqaga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Agar kishi o‘z hobbisini kasb-koriga aylantira olsa, demak, u haqiqatan ham juda baxtli inson. Bularni kim aytgani aniq esimda yo‘qku-ya, ammo bu qarashga to‘liq qo‘shilaman — men juda ham baxtli insonman. “Paxtakor”ga SSSR chempionatida muxlislik qilishni boshlagan chog‘larimda futbolning kasbimga aylanishni xayolimga ham keltirmagan edim. Hozir esa futbol sabab Kopa Amerika—2019 musobaqasi o‘tayotgan Braziliyada bo‘lish baxti nasib etib turibdi. Bu men uchun uchinchi qit’a chempionati hisoblanadi.  Dastlabkisi 1996-yilgi BAAda o‘tgan Osiyo chempionati edi. Unda kamina jurnalist sifatida faoliyat olib borgandi. 2008-yil ham jurnalist sifatida Yevro—2008 musobaqasi sabab Avstriya va Shveysariya maydonlarida ishladim. Shuningdek, 2004 va 2007-yillardagi Osiyo Kubogida ham faoliyat yuritdim. Faqat bunda O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi bilan birga bo‘ldim. Va mana endi Amerika Kubogi musobaqasidaman. Bu safar esa Qatar futbol assotsiatiyasi va JCh—2022 tashkiliy qo‘mitasi tarkibida tajriba almashish dasturi bo‘yicha musobaqada ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldim.

    Foto: Alisher Nikimbayev

    Foto: Alisher Nikimbayev

    To‘g‘risini aytsam, 22-iyunga qadar Kopa Amerika—2019 ning birortda uchrashuvini to‘liqligicha ko‘rmadim. Ba’zan o‘yinlar boshlanish vaqti halal bergan bo‘lsa, ba’zan musobaga bo‘lgan qiziqishning yo‘qligi ham sabab bo‘ldi.

    Kopa Amerika — dunyodagi eng “qari” qit’a chempionati hisoblanadi. Ilk musobaqa birinchi Osiyok Kubogidan 40 yil, ilk Yevropa chempionatidan esa 44 yil avval, ya’ni, 1916-yil o‘tkazilgandi.

    Kopa Amerika — faqatgina uzoq tarixiga ega musobaqa emas. Ortda qolgan 103 yilda ko‘plab voqeliklar sodir bo‘ldi. Masalan, 1959-yilda bir emas, ikki musobaqa o‘tkazilgan. Jumladan, biri Ekvador, ikkinchisiga Argentina mezbonlik qilgan. Qizig‘i shundaki, 5 karra Jahon chempionlari Braziliya terma jamoasi o‘z qit’asida yetakchi bo‘la olmay kelmoqda. 103 yil ichida pentakampeonlar Kopa Amerika musobaqasida atigi 8 marta g‘oliblikka erishgan. Shulardan 4 tasi so‘nggi 20 yillikda qo‘lga kiritilgan. Ammo Urugvay uchun bu o‘ziga xos musobaqa. Futboldagi oltin davrlari 1920-30-yillar hamda 1950-yillarga to‘g‘ri keladigan Urugvay ayni damda Kopa Amerikaning 15 ta bosh sovrinini o‘z muzeyiga eltib qo‘ygan. To‘g‘ri, bu ma’lumotlarning barchasini Wikipedia’dan topishingiz mumkin. Keling, shuning uchun musobaqa haqida ko‘pchilik muxlislarga ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar haqida suhbatlashamiz.

    Yaqin bir hafta kamina Braziliyaning eng katta shahri — San-Pauluda bo‘laman. Mazkur musobaqa doirasida shahardagi ikki stadion — “Morumbi” hamda “Arena Korintians” o‘yinlarni qabul qilmoqda. “Morumbi”dagi o‘yinlar yakuniga yetib ulgurdi. Ular atigi uchta edi, jumladan, ochilish o‘yini ham shu yerda o‘tdi. Endi hamma diqqat-e’tibor “Arena Korintians”ga qaratiladi. Paulistalar (San-Paulu aholisi shunday ataladi) “Arena”ni shahardagi eng yaxshi o‘yingoh deb hisoblaydi.

    Foto: Alisher Nikimbayev

    Foto: Alisher Nikimbayev

    —  “Korintians” klubining baxtga qarshi hech qachon o‘z stadioni bo‘lmagan. “Pakaembu” stadionini shaharning boshqa klublari bilan bo‘lishishga majbur edik, — deydi “Arena” ishchilaridan biri Kassiano Leonelli.  — Faqatgina mamlakatning avvalgi prezidenti Lula da Silva (u “Korintians” muxlisi edi) klubimizga stadion qurish uchun mablag‘ topib berishda yordam ko‘rsatdi.

    Kassianoning so‘zlariga qo‘shimcha sifatida shularni keltirishni lozim topdim: “Korintians” stadioni qurilishi rejasi 1980-yillarda paydo bo‘lgan. Biroq uning qurilishi oradan faqatgina 30 yil o‘tib — 2010-yil boshlangan. Va 2014-yilgi Jahon Chempionati boshlanishidan avval yakuniga yetkazilgan.

    — 2014-yilgi Jahon Chempionatida bizning stadion bir nechta o‘yinni qabul qildi. Xususan, Braziliya va Xorvatiya o‘rtasidagi ochilish bahsi va Niderlandiya hamda Argentina o‘rtasidagi yarim final to‘qnashuvini, — deya so‘zida davom etadi Kassiano.

    — “Arena Korintians”ni San-Pauludagi eng yaxshi stadion demoqdasiz? “Marakana” bilan ham qiyoslaganda ham shundaymi?

    — Yo‘q, “Marakana” bilan solishtirib bo‘lmaydi. 1950-yilgi Jahon Chempionatida Braziliya—Urugvay bellashuviga 200 000 muxlis kelgan. Tarix va jangovar ruh — “Marakana”ning ajralmas qismi. Shunday ekan, bizning stadionni u bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

    — Ammo stadiondagi sharoitlarni solishtirganda-chi?

    — U holda “Arena Korintians” “Marakana”dan yaxshiroq. Axir bizning stadion top-toza. Ularda esa maydon bilan tribunani ajratib turuvchi yugurish yo‘lakchasi bor.

    Qayd etish joiz, 2014-yilgi Jahon Chempionatidan keyin “Korintians” arenasi sig‘imi deyarli uchdan birga qisqardi — 68 727  kishidan, 49 205 kishigacha. Shimoliy tribuna olib tashlandi va endi u yerda o‘rindiqlar yo‘q. Shimoliy tribuna — endi “Korintians”ning qaynoq muxlislari uchun xizmat qilmoqda.

    — Stadion ertaga to‘ladimi? — Bizning Kassiano bilan suhbatimiz Braziliya—Peru uchrashuvidan bir kun oldin bo‘lgandi.

    — Axir ertaga Braziliya o‘ynaydi. Biroq umuman olgan Kopa Amerika musobaqasi o‘yinlariga kutilganidan-da kamroq muxlis kelmoqda.

    — Men o‘yinga chiptalar narxining qimmatligi haqida eshitdim.

    — Bu ayni haqiqat. KONMEBOL (Janubiy Amerika futbol federatsiyasi) chiptalarga yuqori narx belgilagan. Biroq muammolardan biri o‘yinlar vaqti bilan bog‘liq. Maktab o‘quvchilarida hali qishki ta’tillar boshlangani yo‘q. Agarda musobaqani bir haftaga kechiktirishganida hammasi boshqacha bo‘lardi.

    Haqiqatan ham Kassiano aldamadi. Hozir Braziliyada qish fasli. Axir mamlakat Janubiy yarim sharda joylashgan. Qish esa odatiy braziliyacha. San-Pauluda havo biroz sovuqroq. Tunda harorat 15 darajagacha tushib ketadi. Kunduzi esa harorata 25 darajaga ko‘tarilib isiydi. San-Pauluda cho‘milishni hech kim tavsiya qilmaydi. Ammo San-Pauludan 1,5 soatlik yo‘l bo‘lgan Rio-de-Janeyroda ayni dam olish, cho‘milish uchun qulay palla. Hattoki qish ham halal bermaydi.

    Ta’kidlash o‘rinli, Braziliyada ichki parvozlar anchagina qimmat. Masalan, San-Pauludan Portu-Allegrigacha borib qaytish, 650 dollarni tashkil qiladi. Parvoz esa atigi o‘zi ikki yarim soat vaqtni oladi. Shunday ekan, Kopa Amerika—2019 ning ko‘proq o‘yinlarini jonli tomosha qilishni xohlagan muxlis uchun eng qulayi ham — televizor.

    Agar siz Braziliya—Peru bellashuvini ko‘radigan bo‘lsangiz bir narsa e’tiboringizni tortishi mumkin. Selesao stadionning o‘ng tomonidagi zaxira o‘rindig‘idan joy oladi. Ammo kiyim almashtirish xonasi chap tomonda. Gap shundaki, “Korintians” klubi prezidenti Andresh Sanshesh shunday qarorga kelgan. U jamoaning kiyinish xonasi terma jamoa bosh murabbiyi Tite sharafiga o‘ng tomonda bo‘lishini xohlagan. Sanshesh “Korintians” prezidentligi chog‘ida Tite klub bosh murabbiyi bo‘lgan, aynan o‘sha vaqtda stadion qurilishi boshlangan. Aslida ikkala kiyinish xonasi ham bir xil. Qoidalarga ko‘ra, tashkilotchilar bunday bo‘lishiga yo‘l bermasligi lozim edi. Ammo aytishlaricha, Sanshesh uning so‘rovi qondirilmaydigan bo‘lsa, stadion Kopa Amerika—2019 o‘yinlarini qabul qilmasligini ma’lum qilgan. Oxir-oqibat tashkilot rozilik bergan.

    Yana bir e’tiborga molik jihat. Peru terma jamoasi kecha o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini “Arena Korintians”da o‘tkazishdan bosh tortdi. Bunday holatlar kamdan kam sodir bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, murabbiy va futbolchilar o‘yindan avval stadion maysasi bilan tanishishi va unga ko‘nikib olishlariga imkoniyat taqdim etiladi. Biroq Peru terma jamoasi rahbariyati mehmonxonadan stadiongacha bo‘lgan vaqtda yutish maqsadida shunday qarorga kelgan. Boshqa tomondan esa bu Janubiy Amerika. Bu yerda insonlar hamma joydagidek bir xil bo‘lmasligini ham xohlashi tabiiy.

    Alisher Nikimbayev, Qatar futbol assotsiatsiyasi texnik eksperti

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    22.06.2019, 22:53   Izoh (0)   76912
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub eta olmadi

    22.06.2019, 21:50

    Protein bepushtlikka olib keladimi? Habibulla Nizomov javob berdi (video)

    22.06.2019, 21:31

    Superliga. OKMK safarda “Andijon”ni mag‘lub etdi

    22.06.2019, 20:33

    Samvel Babayan “Lokomotiv” bosh murabbiyi bo‘ladi

    22.06.2019, 15:45

    “AQShda bunaqa jang uchun g‘oliblikni berishmaydi”. Shahram G‘iyosov Fazliddin G‘oyibnazarovning mag‘lubiyati haqida gapirdi (video)

    21.06.2019, 17:06

    XOQ Tokio—2020 Olimpiadasiga boks bo‘yicha yo‘llanmalar qay tartibda o‘ynalishini e’lon qildi

    20.06.2019, 10:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.