16-iyun kuni Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamidning O‘zbekistonga tashrifi Buxorodan boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
“Buxoro” xalqaro aeroportida Bangladesh rahbari va uning hamrohlarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov, Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev va Bangadesh davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi M. Manan kutib oldi.
Xorijlik mehmonlar Buxoroga safari mobaynida buyuk ajdodimiz, Naqshbandiya tariqati asoschilaridan biri Bahouddin Naqshband tarixiy majmuasini ziyorat qilishi, shuningdek, qadimiy Ark qal’asi, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz ansamblini tomosha qilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)