15-iyun, shanba kuni futbol bo‘yicha Kopa Amerikaning “A” guruhida birinchi tur doirasida dastlabki uchrashuv yakunlandi.
Unda Tite qo‘l ostidagi Braziliya terma jamoasi Boliviyaga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 50 (penalti) va 53-daqiqalarida Braziliya termasi yarim himoyachisi Filippe Koutinyo dublga erishgan bo‘lsa, 85-daqiqaga kelib hujumchi Everton Soares hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa Braziliya Boliviya darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Kopa Amerika—2019
1-tur bahsi
15-iyun, shanba
“A” guruhi
Braziliya—Boliviya 3:0
Gollar: 1:0 — 50, penalti, Koutinyo, 2:0 — 53 Koutinyo, 3:0 — 85 EvertonBraziliya: Alisson, Tiago Silva, Filipe Luis, Dani Alves, Markinyos, Koutinyo, Kazemiro, Risharlison (Villian, 84), Fernandinyo, Neres (Everton, 81), Firmino (Gabriel Jezus, 65)
Boliviya: Lampe, Bexarano, Akin, Bexarano, Juzino, Hustiniano, Saavedra (Vaka, 64), Chumasero, Kastro (Vaka, 75), Sausedo (Vayyar, 59), Moreno
Ogohlantirishlar: Sausedo (20), Koutinyo (66)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)