“Lion” himoyachisi Ferlan Mendi “Real” a’zosiga aylandi. Bu haqda “Qirollik klubi” rasmiy saytida xabar berildi.
Unga ko‘ra, Ferlan “Real” safida 2025-yil 30-iyuniga qadar to‘p suradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real” Mendi uchun “Lion”ga 48 million yevro to‘laydi. Shuningdek, “Lion” uning Madriddagi natijalariga qarab yana 5 million yevroga ega bo‘lishi mumkin.
23 yoshli futbolchi chap qanot himoyasida harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, Mendi 2018/19-yilgi mavsum “Lion” safida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)