14-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Prokuratura organlarining 2019-yilning birinchi besh oyligidagi faoliyati” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda Repost xabar berdi.
Brifing paytida JKning 157-moddasi (Davlatga qarshi xiyonat) bo‘yicha javobgarlikka tortilgan, Tashqi ishlar vazirligi sobiq xodimi, O‘zbekistonning YeXHTdagi vakili Qodir Yusupovning ishi haqida gapirib o‘tildi.
“Bugungi kunga kelib, 2019-yil 23-mayda ayblov xulosasi bilan ushbu jinoyat ishi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 388-moddasi (Jinoyat ishini sudga yuborish) bo‘yicha O‘zbekiston harbiy sudiga o‘tkazildi. Ayni paytda ish ko‘rib chiqilmoqda”, — deya ta’kidladi Bosh prokuror muovini Erkin Yo‘ldoshev.
Izoh (0)