Qosim-Jo‘mart To‘qayev saylovchilarning 70,96 foiz ovozini to‘plab, Qozog‘istondagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqdi. Bu haqda mamlakat markaziy saylov komissiyasi a’zosi Lazzat Sulaymon ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.
“To‘qayev 70,96 foiz ovoz oldi. Saylovlarda bunga huquqi bo‘lgan saylovchilarning 77,4 foizi ishtirok etdi”, — dedi u MSK majlisi davomida.
Komissiyaning yakuniy natijalariga ko‘ra, jurnalist va siyosiy arbob Amirjon Kosanov 16,23, parlament quyi palatasi deputati Daniya Yespayeva 5,05 foiz ovoz to‘plagan.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev uning inauguratsiya marosimi 12-iyunga rejalashtirilganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)