AQSh adliya vazirligi Wikileaks asosichsi Julian Assanjni ekstraditsiya qilish bo‘yicha Buyuk Britaniyaga rasmiy so‘rov yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, so‘rov 6-iyun kuni yuborilgan.
Ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, mazkur jarayon gumonlanuvchi hibsga olinganidan boshlab 60 kun ichida, ya’ni 10-iyungacha amalga oshirilishi kerak edi.
Ushbu hujjatga asosan, AQSh so‘rov yuborilganidan so‘ng Assanjga yangi ayblovlar e’lon qila olmaydi.
Izoh (0)