Toshkent shahrining Yashnabod tumanidagi uyini fohishaxona sifatida foydalanish uchun taqdim etgan 25 yoshli Aziza X. ushlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
U buning uchun xizmat haqi sifatida 250 ming so‘m olgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (“Qo‘shmachilik yoki fohishaxona saqlash”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)