O‘zstandart” agentligi tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Nazorat xaridi”ni amalga oshirib kelmoqda. Agentlik matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, o‘tgan davr mobaynida 148,8 milliard so‘mdan ortiq mahalliy va import qilinayotgan mahsulotlar tegishli me’yorlarga javob bermagani aniqlandi.
Bulardan 5 milliard so‘m qiymatidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Rossiya, Pokiston, Gruziya davlatlaridan import qilingani ma’lum bo‘ldi.
Birgina 2019-yil davomida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Chuqursoy” sertifikatlashtirish idorasi tomonidan konservalangan “ko‘k no‘xat”, “qizil loviya”, “sariyog‘” va “Atlantika skumbriya”si mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlari laboratoriya sinovlarida nomuvofiqligi aniqlangan.
“Hurmatli iste’molchilar, mahsulot xarid qilayotganingizda albatta uning tegishli sertifikati va sifatiga e’tiborli bo‘lishingizni tavsiya qilamiz”, — deyiladi agentlik xabarida.
Izoh (0)