2019-yilning 6-iyun kuni Penza viloyatining Kuznesk tumanlararo kasalxonasida O‘zbekiston fuqarosi, 1983-yilda tug‘ilgan Sherali Patilloyev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
4-iyun kuni u va yana 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi Penza viloyati hududidan o‘tuvchi M5 “Ural” trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bosh miya jarohatlari bilan yuqorida qayd etilgan kasalxonaga joylashtirilgandi.
Marhumning jasadini vatanga qaytarishda konsullik-huquqiy ko‘mak berish va jarohatlangan yurtdoshlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bosh konsulxona tegishli choralarni ko‘rmoqda. Ular hozirda Kuznesk tumanlararo kasalxonasining jonlantirish va travmatologiya bo‘limlarida bo‘lib turibdi.
Izoh (0)