Toshkent shahrida kuzatiladigan yog‘ingarchilik oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan, deyiladi Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabarida.
7-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Parkent va Sultonali Mashhadiy ko‘chalari kesishgan qismidan Sultonali Mashhadiy ko‘chasi bo‘ylab drenaj quvurlari yangilanishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan yo‘lning mazkur qismi 7-iyun kuni soat 23:00 dan ertalab soat 06:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida yopiladi.
Hokimlik keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘rab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 6-iyun kuni Toshkentda Amir Temur shohko‘chasining bir qismi vaqtincha yopilishi xabar berilgan edi.