Ijtimoiy tarmoqlarda 5-iyun kuni Toshkentda yuz bergan do‘l aralash yomg‘ir va uning asoratlari aks etgan foto va videolar aylanishda davom etmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.
Poytaxtda kuzatilgan kuchli shamol bekatni ag‘dargan. Chaqmoq avjiga chiqqan payt attraksionda uchayotgan odamlarning holatini esa tasavvur qilish mumkin.
Shiddatli jala tufayli qahvaxonalar tomidan chakka o‘tib, oyoq osti ko‘lmakka to‘lgan.
Daraxtlar qulab, avtomobillarning ustiga tushgan.
Xonadonlardan birida esa elektr yoqgich orasidan suv sizib tushgan.
Foydalanuvchilar tarnovdan tinmay do‘l tushishini o‘ziga xos agregatga qiyoslagan.